Tanrif:
CV lotincha “curriculum vitae” (hayot kursi) atamasidan olingan. Bu sizning professional va ilmiy faoliyatingizni tavsiflovchi batafsil hujjatdir.
Maqsad:
CV odatda xalqaro universitetlar, grantlar, stipendiyalar, tanlovlar yoki ishga arizalar uchun so’raladi. Bu sizning akademik va professional tajribangiz haqida to’liq ma’lumot berish uchun mo’ljallangan.
CVga nima kiritilishi mumkin?
Bog’lanish uchun ma’lumot;
Akademik ma’lumot;
Professional tajriba;
Ko’nikma va malakalar;
Grantlar va stipendiyalar;
Sertifikatlar va litsenziyalar;
Mukofotlar va yutuqlar;
Shaxsiy ma’lumotlar (ixtiyoriy);
Ko’ngilli ish;
Nashrlar va maqolalar;
Xobbi va shaxsiy qiziqishlar (ixtiyoriy).
CV yaratuvchilar, Rezyume ishlab chiqaruvchilar va Rezyume bo’yicha murabbiylar kabi ko’plab veb-saytlar mavjud bo’lib, ularda rezyumeni osongina yaratishingiz mumkin.