Kitoblar – hayot yo’limizning yo’l ko’rsatuvchi yulduzlari

UBS Toshkentda o‘tkazilgan kitob yarmarkasi bu yo‘l ko‘rsatkich yulduzlarini yanada yaqinlashtirdi.
Tadbir davomida o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ta’lim, fan va adabiyot sohalarida yangi kitoblar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, o‘quvchilar va yosh yozuvchilar o‘zlarining so‘nggi asarlarini taqdim etdilar. Tadbir kitobsevarlar o‘rtasida bilim va ijodiy rivojlanishni rag‘batlantirdi.
Yarmarka shuningdek, o‘qish madaniyatini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shdi.
2024-11-12