Sport bilan uyg’unlikda

Bu ta’rif bizning talabalarimizga to‘liq mos keladi — ular sport musobaqalarining doimiy va faol ishtirokchilari. Yoshlar ittifoqi qoshida faoliyat olib borayotgan turli to‘garaklar orasida eng ko‘p a’zoga ega bo‘lgan to‘garak — bu “Sport to‘garagi”dir.

“Sport to‘garagi” nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi, balki jamoaviy ruhni mustahkamlaydi va talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. To‘garak doirasida tashkil etilayotgan turli sport musobaqalari, mashg‘ulotlar va seminarlar orqali talabalar o‘zlarining jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirmoqdalar. Bu tashabbus universitetning ijtimoiy faolligini ham kuchaytirib, yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirmoqda.

2024-11-08