Tibbiyot fakultetida amaliy mashg’ulot

Universitetimizning Tibbiyot fakultetida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanmoqda!

UBS universitetining tibbiyot fakulteti talabalari zamonaviy jihozlangan laboratoriyalarda ilg‘or texnologiyalar yordamida o‘quv jarayoniga chuqurroq kirib bormoqdalar. Ular darsda olgan bilimlarini real holatlarda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lib, malakali va tajribali mutaxassis bo‘lish yo‘lida dadil qadam tashlamoqdalar.

Maqsadimiz – talabalarga nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham o‘rgatish, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga puxta tayyorlashdir.
2024-10-31