Tibbiyot talabalari Gippokrat qasamyodini qabul qilishadi

UBS tibbiyot yo‘nalishi talabalari tantanali qasamyod marosimida ishtirok etishdi.
Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarimiz uchun hayajonli va unutilmas voqea bo‘lib o‘tdi – ular Gippokrat qasamyodini qabul qilishdi.

Marosimni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdulhodi Iminov ochib berdi.

Ushbu tantanali qasamyod orqali talabalar kasbiy burchlarini halollik va sadoqat bilan bajarishga, inson hayotini himoya qilishga ont ichdilar.
2024-11-13