“Til bilimdonlari” va “Kitobxonlik yoshlar ligasi” tanlovi

“Til bilimdonlari” va “Kitobxon yoshlar ligasi” milliy tanlovi g’olib va sovrindorlari tantanali marosimda taqdirlandi!
Marosim ishtirokchilari O’zbekiston Milliy musiqa san’ati instituti baraban ansambli kuylariga qarshi olindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig’i Salohiddin Sanaqulov “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining “Eng faol targ’ibotchi” yo’nalishi bo’yicha g’olib bo’lgan 10 nafar ishtirokchiga vazirlik tomonidan smartfonlar va maxsus sertifikatlar topshirdi.
Universitetimiz talabasi Abdullayev Islomjon Abduqahhorjon o‘g‘li yana bir bor eng faol ishtirokchilar qatoridan joy oldi.

Islomjonning o‘quvdagi yutuqlari bilan juda faxrlanamiz!
2024-11-11