Warning: opendir(/home/psmuorg/uobs.uz/wp-content/mu-plugins): Failed to open directory: Permission denied in /home/psmuorg/uobs.uz/wp-includes/load.php on line 981

Warning: opendir(/home/psmuorg/uobs.uz/wp-content/mu-plugins): Failed to open directory: Permission denied in /home/psmuorg/uobs.uz/wp-includes/load.php on line 981
UBS Koreyadagi eng yaxshi 10 ta va dunyo boʻylab 250 ta universitet bilan qoʻshma taʼlim dasturini ishga tushirdi. - Uobs

We are in social networks:

Mn-Sat 09.00-18.00

UBS Koreyadagi eng yaxshi 10 ta va dunyo boʻylab 250 ta universitet bilan qoʻshma taʼlim dasturini ishga tushirdi.

“Biznes va Fan Universiteti” delegatsiyasining Koreyaga tashrifi davomida Sejon universiteti bilan hamkorlik memorandumiga qo‘l qo‘yildi.

Sejon universiteti 2025-yilgi nufuzli “Times Higher Education” tashkiloti tomonidan Janubiy Koreya universitetlari orasida 7-o‘rinda, jahon universitetlar reytingida esa 201-250-o‘rinlarda turadi.

Seul shahrida joylashgan universitet o‘zining akademik nufuzi, ilg‘or ilmiy tadqiqotlari va talabalariga taqdim etilayotgan imkoniyatlari bilan mashhur.

Hozirda Sejon universitetida muhandislik, biznes, san’at va dizayn kabi sohalarda taxminan 14,000 nafar talaba o‘qimoqda, shulardan 2,400 nafari xalqaro talabalar.

UBS va Sejon universiteti o‘rtasidagi memorandum asosida quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi:

– Universitetlar o‘rtasida 2+2 qo‘shma ta’lim dasturi;

– Muhandislik talabalariga qisqa muddatli stajirovkalar;

– Sejon universitetining o‘quv dasturi asosida ta’lim;

– O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish.

2+2 qo‘shma ta’lim dasturi doirasida talabalar birinchi ikki yilni UBSda, qolgan ikki yilni esa Sejon universitetida o‘tkazishlari mumkin.

Qo‘shma dastur doirasida har akademik yil UBSdan 60-100 nafar eng ilg‘or talabalar maxsus tanlab olinib, Sejon universiteti o‘quv dasturi asosida Koreyada o‘qishni davom ettirishadi.

Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yo‘nalishlar:

– Biznesni boshqarish;

– Mehmonxona va turizmni boshqarish;

– Davlat boshqaruvi;

– Kompyuter muhandisligi.

Ushbu dasturlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini rivojlantirish va bilimlar almashinuvi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kredit va bitirish talablari bo‘yicha muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar uchun ikki universitetdan diplom olish imkoniyatini taqdim etadi.

Bundan tashqari, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. ECTS kredit tizimi asosida talabalarni uzatish bo‘yicha hamkorlik ham yo‘lga qo‘yildi.

Sejon universiteti muhandislik ta’limi sohasidagi yetakchi muassasalardan biri bo‘lib, hamkorlik doirasida UBS muhandislik fakulteti talabalarini Koreyaga qisqa muddatli stajirovkalar uchun yuborish rejalashtirilgan.

Ushbu hamkorlik loyihalari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuqori ta’lim va ilm-fan sohasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida bajarilayotgan amaliy ishlarning bir qismidir.

All news

Our partners

partner-1
partner-2
partner-3
partner-4
partner-5
partner-6
partner-7
partner-8
partner-9
partner-10
partner-11
partner-12
partner-13
partner-14
partner-15
partner-1
partner-2
partner-3
partner-4
partner-5
partner-6
partner-7
partner-8
partner-9
partner-10
partner-11
partner-12
partner-13
partner-14
partner-15

Catalog about the University of business and science

In the catalog you can get some information about the faculties and the learning process

Download catalog

Contact us

address

Address

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy

contact-us

If you have any questions, please write





    Murojaat qoldirish



      • [dynamic_select select-question id:select-question default:--Tanlash-- "--Tanlash--" "first option" "second option" "third option"]